Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida 4-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari

Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; ochiqlik va shaffoflik; tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; javobgarlikning muqarrarligi.