Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va tuzilmalari quyidagilardan iborat: Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi; davlat organlari va tashkilotlarining, davlat ishtirokidagi korxonalarning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari (bundan buyon matnda davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari deb yuritiladi); Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati; Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.