Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida 10-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan chet el yuridik shaxslarining litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtishining oʻziga xos xususiyatlari

Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan chet el yuridik shaxslari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish uchun ariza berish hamda xabardor qilish ularning Oʻzbekiston Respublikasidagi belgilangan tartibda hisobga qoʻyilgan doimiy muassasasi orqali amalga oshiriladi. Bunda tashqi iqtisodiy faoliyat hamda tranzit yuklarni tashish bilan bogʻliq bir martalik harakatlarni bajarish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan chet el yuridik shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasalarini hisobga qoʻyishi talab etilmaydi.