Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida 23-modda. Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar, shuningdek ularning pasportlari

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash hamda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida belgilanadi. Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda quyidagilar nazarda tutiladi: litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning, shuningdek ularni berish zimmasiga yuklatiladigan vakolatli organning nomi; litsenziyalashdan yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishdan maqsad; litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning tugal roʻyxati; talabgorning litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish, hujjatni berish yoki uni berishni rad etish tartibi va muddatlari, shu jumladan agar mazkur hujjatni berish tanlov (tender) asosida amalga oshirilayotgan boʻlsa, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun tanlov (tender) oʻtkazish tartibi; litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari; litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni maxsus elektron tizim vositasida berishda litsenziyalash hamda ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlarning boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi; litsenziyalarning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini qayta rasmiylashtirish, toʻxtatib turish, qayta tiklash, ularni bekor qilish tartibi; tegishli litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat cheklanmagan muddatga berilishi mumkin boʻlmagan hollarda, litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati; agar talabgor tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlas