Litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash hamda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida faoliyatning litsenziyalanadigan turining va amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turining har biri boʻyicha koʻrsatiladi. Bunda raqobatni cheklovchi talablar va shartlarni joriy etish taqiqlanadi. Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida quyidagi litsenziya hamda ruxsat berish talablari va shartlari koʻrsatiladi: litsenziyalash hamda ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi qonunchilik hujjatlarining muayyan qoidalariga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan rioya etilishi shartligi; faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turini amalga oshirishga talabgor shaxslarga nisbatan aniq malaka talablari, shu jumladan maxsus tayyorgarlikka doir talablar; faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turini amalga oshirishning maxsus shartlariga doir tugal talablar, shu jumladan foydalaniladigan moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalarga doir aniq talablar; xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalarini tuzish, shartnomalarga oʻzgartishlar kiritish va ularni tugatish hollarini, shuningdek amaldagi mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi axborotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish — tegishli faoliyatni (harakatni) amalga oshirish uchun xodimlarga nisbatan shunday talab mavjud boʻlgan taqdirda; faoliyatning litsenziyalanadigan turining yoki ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turining oʻziga