Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi: litsenziyalash tartibi yoki ruxsat berish tartib-taomili bekor qilinganda; litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati tugaganda; bajarilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgan bir martalik harakat bajarilganda; litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga ega boʻlgan jismoniy shaxs vafot etganda; litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan vakolatli organga litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha toʻxtatib turish toʻgʻrisida ariza bilan ilgari murojaat etilgan boʻlib, mazkur muddat ichida litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida vakolatli organga ariza bilan murojaat qilinmagan taqdirda. Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatilgan hollarda vakolatli organ tomonidan litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish talab etilmaydi.