Jarimalar miqdorlari amalga oshiriladigan faoliyatning (harakatlarning) har bir turi boʻyicha xavf darajasi hamda muddatdan kelib chiqqan holda ushbu Qonunning 4-ilovasida belgilanadi. Undirilgan jarima miqdorining oʻn foizi vakolatli organning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga, qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.