Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydi; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibini belgilaydi; litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasida vazirliklarning hamda boshqa davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.