Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida 16-4-modda. Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish

Xalq deputatlari Kengashi raisi ovoz berish orqali Kengash deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan Kengash qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin. Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala Kengash deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat deputatlar guruhining taklifiga binoan Kengash tomonidan koʻrib chiqiladi. Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilayotganda sessiyada Kengashning doimiy komissiyalari raislaridan biri raislik qiladi. Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, qaror sessiyada raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.