Xalq deputatlari Kengashlari nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi. Xalq deputatlari Kengashlari hududiy dasturlarning, Kengash qarorlarining loyihalarini ishlab chiqish masalalari yuzasidan, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazorat borasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.