Kengash tekshiruvini oʻtkazish uchun Kengash deputatlari orasidan Kengash tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiya tuziladi. Komissiya Kengash tekshiruvini oʻtkazishda quyidagilarga haqli: davlat organlari va tashkilotlarining vakillarini, mutaxassislarni, ekspertlarni komissiya ishiga jalb etishga; davlat organlari va tashkilotlaridan, jismoniy va yuridik shaxslardan zarur maʼlumotlarni soʻrab olishga; davlat organlari va tashkilotlarining, nodavlat tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif qilishga. Kengash tekshiruvi natijalariga koʻra komissiyaning yakuniy hisoboti tayyorlanib, u Kengash sessiyasida koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritiladi.