Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida 28-modda. Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hamda chiqargan hujjatlar ustidan sudga shikoyat qilish va protest keltirish

Xalq deputatlari Kengashi va hokim tomonidan qabul qilingan hamda chiqarilgan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi, shuningdek prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.