Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida 5-modda. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning Oʻzbekiston Respublikasi boshqa maʼmuriy-hududiy tuzilmalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan oʻzaro munosabatlari

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatni ifodalovchi tadbirlar oʻtkazish, qoʻshimcha korxonalar, xoʻjalik tashkilotlari tuzish uchun, turli tarmoqlar va boshqaruv sohalarida faoliyatlarni uygʻunlashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasining, Oʻzbekiston Respublikasi boshqa viloyatlari, shaharlari va tumanlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomalar asosida oʻzaro munosabatlar oʻrnatishga haqlidirlar.