Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida 8-1-modda. Mahalliy hokimiyat organlarining viloyat, tuman, shahar budjetdan tashqari jamgʻarmalari

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi budjetdan tashqari jamgʻarmalar tashkil etishi mumkin, ularga quyidagilar kiritiladi: fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, bundan budjet tashkilotlari mustasno, ixtiyoriy badallari va xayriyalari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar. Mahalliy hokimiyat organlari viloyat, tuman, shahar budjetdan tashqari jamgʻarmalarining mablagʻlari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida turadi, olib qoʻyilmaydi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi va hokimning qaroriga koʻra sarflanadi.