Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 116-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish

Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, (bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hollari mustasno), — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.