Havo kemasida boʻlgan shaxslarning havo kemasi komandirining yoki havo kemasi komandiri nomidan ekipaj aʼzosining farmoyishlarini bajarmasligi — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Havo kemasi bortida turib fotosuratga, kinoga, videoga olish, shuningdek radioaloqa vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish — foto-kinoplyonka yoki videokassetalar musodara qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.