Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 128-8-modda. Transport vositasida odam tashish qoidalarini buzish

Odam tashish qoidalarini buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Avtobus va mikroavtobuslarda ichki ishlar organlarining hamrohligisiz odam tashish, agar ularning hamrohligida odam tashish shart boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.