Haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar yoʻlkalaridan, velosiped yoʻlkalaridan, piyodalar va velosiped yoʻlkalaridan, ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan (bundan maxsus avtotransport vositalari mustasno) yurgizishi, yoʻl belgilari yoki yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qoʻyilgan talablarga rioya etmasligi (bundan ushbu Kodeksning 128³-moddasida , 128⁴-moddasining birinchi qismida , 128⁵ , 128⁶ , 128⁷ va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno), yuk avtomobillarida yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno), yoʻnalishli transport vositalari toʻxtaydigan bekatlardan yoki piyodalar oʻtish joylaridan yurish, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek yoʻlovchilarga yoki piyodalarga loyqa sachratishi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.