Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi transport vositalari, yoʻl harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelsa, lekin ancha miqdorda moddiy zarar yetkazmasa, bundan yoʻl harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan yoʻl-transport hodisasi sodir etilganda yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.