Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 143-modda. Kira haqi toʻlamasdan yuk olib yurish

Trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda, marshrut taksisida kira haqi toʻlamasdan yuk olib yurish — har bir yuk joyi uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.