Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 145-modda. Yoʻlovchilarni chiptasiz tashish

Havo, temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni chiptasiz tashish — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Suv, avtomobil transportida va shahar elektr transportida yoʻlovchilarni chiptasiz tashish — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.