Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 155-2-modda. Telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish

Telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda — huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.