Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 159-1-modda. Fuqarolar oʻrtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qoʻyilishiga rioya etmaslik

Fuqarolar oʻrtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qoʻyilishiga rioya etmaslik, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.