Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 161-modda. Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish

Shaharlar va boshqa aholi punktlarining hududlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish, shuningdek tozalik va sanitariya tartibini taʼminlash qoidalariga rioya qilmaslik — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.