Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 17-4-modda. Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarligi

Ushbu Kodeks 70-moddasining birinchi qismida , 70¹ , 72 , 77-moddalarida , 79-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida , 81 , 82 , 83-moddalarida , 84-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida , 88-moddasida , 90-moddasining birinchi qismida , 91-moddasida , 91¹-moddasining birinchi , ikkinchi va uchinchi qismlarida , 92-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs yoki transport vositasining mulkdori yoxud mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning qonunchilikka muvofiq yuridik shaxsga tegishli boʻlgan transport vositasidan foydalanib sodir etilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxsi yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi. Agar maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqlansa yoxud mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori oʻziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi. Tadbirkorlik subyektlari va aholi tomonidan yuborilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qi