Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 17-modda. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning maʼmuriy javobgarligi

Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar umumiy asoslarda maʼmuriy javobgarlikka tortilishlari lozim. Immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning Oʻzbekiston Respublikasi qatnashchi boʻlgan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid boʻlmagan qismi qoʻllaniladi.