Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 188-4-modda. Voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish maqsadida saqlash

Voyaga yetmagan shaxs tavsiflanganligi yoki tasvirlanganligi aybdorga ayon boʻlgan pornografik mahsulotni tarqatish maqsadida saqlash, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.