Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 198-5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining va uning hududiy boshqarmalarining koʻrsatmalarini bajarmaganlik

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining va uning hududiy boshqarmalarining koʻrsatmalarini bajarmaganlik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.