Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 216-modda. Kimoshdi savdosi yoki tanlovda qatnashish uchun berilgan talabnomalarni yashirish

Davlat aktivlari xususiylashtirilishi munosabati bilan yopiq tender tarzidagi kimoshdi savdosida yoki tanlovda qatnashish uchun berilgan talabnomalarni yashirish, kimoshdi savdosi, tanlov natijalarini yakunlashda talabnomalarni hisobga olmaslik — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.