Ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomasiga ega boʻlgan jismoniy shaxslarning fuqaroviy, mukofot tarzida berilgan, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish uchun moʻljallangan qurolni va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish qoidalarini buzishi — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki haqini toʻlab shu qurolni va oʻq-dorilarni olib qoʻyishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — qurolni va oʻq-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xizmat qurolini va uning oʻq-dorilarini saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish qoidalarini xizmat qurolidan va uning oʻq-dorilaridan foydalanish huquqiga ega boʻlgan davlat organlarining mansabdor shaxslari hamda maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning xodimlari tomonidan buzish, xuddi shuningdek qurolni va uning oʻq-dorilarini, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini olish, berish, hisobga olish, realizatsiya qilish, tashish, saqlash, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish qoidalarini ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning qurol va uning oʻq-dorilari, oʻqotar qurolning asosiy qismlari but saqlanishini, ularning belgilangan tartibda berilishi-qabul qilib olinishini hamda hisobga olinishini taʼminlashga doir majburiyatlar oʻz zimmasiga yuklatilgan masʼul xodimlari tomonidan buzish — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima sol