Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 239-1-modda. Jamoat fondining xarajatlarni belgilangan eng yuqori miqdordan oshirib yuborishi va yillik hisobotni eʼlon qilmasligi

Jamoat fondining har yilgi maʼmuriy xarajatlarining jami summasini, shuningdek fondning vasiylik kengashi hamda taftish komissiyasi aʼzolariga haq toʻlash hamda ularning oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilishni qonunchilikda belgilangan miqdordan oshirib yuborishi — mansabdor shaxslarga xarajatlarning eng yuqori summasidan oshib ketgan miqdordagi pul mablagʻlarini musodara qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Jamoat fondining mol-mulkdan foydalanganlik toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni eʼlon qilmasligi — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.