Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 241-7-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga pul mablagʻlari berishni asossiz ravishda kechiktirish

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan oʻzga toʻlovlarni toʻlash uchun pul mablagʻlari berishni bankning mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan asossiz ravishda kechiktirish, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.