Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 247-modda. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar

Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari voyaga yetmagan shaxslar sodir etgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi, bundan ushbu Kodeksning 194, 194¹ , va 196¹-moddalarida nazarda tutilgan ishlar mustasno. Ushbu Kodeksning 61 , 116¹ , 116² , 125 , 125¹ , 126 , 127 , 128 , 128¹ , 128² , 128³ , 128⁴ , 128⁵ , 128⁶ , 129 , 130 , 131 , 132 , 133 , 134 , 135 , 135¹ , 136 , 137 , 138 , 183 , 185 , 185¹ , 220 , 221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar faqat oʻziga mazkur huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ish kelib tushgan organ (mansabdor shaxs) uni bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarga koʻrib chiqish uchun topshirgan hollardagina ushbu komissiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar voyaga yetmaganlarning ota-onalariga yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarga taalluqli boʻlgan, ushbu Kodeks 47-moddasining birinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ham koʻrib chiqadi.