Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 264-modda. Davlat soliq organlari

Davlat soliq organlariga ushbu Kodeks 159¹ , 168-moddalarida , 174-moddasining uchinchi qismida , 175-moddasining birinchi , ikkinchi , uchinchi , beshinchi va oltinchi qismlarida , 215³-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Davlat soliq organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari davlat soliq organlari nomidan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga haqlidir.