Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 72-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida (ichimlik ehtiyojlari uchun suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzishga oid qismida), 74-moddasida (ichimlik suvi olishning belgilangan limitlarini buzishga doir qismida), 75-moddasida (ichimlik suvi inshootlari orqali chiqarilayotgan ichimlik suvi miqdorining dastlabki hisobini yuritish qoidalarini buzishga oid qismida), 76-moddasida (ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish obyektlaridan foydalanish qoidalarini buzishga doir qismida), 99-moddasida (bundan yoʻl qurilishi sohasidagi qonunchilikni buzish, shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish, shaharsozlik hujjatlariga ularda nogironligi boʻlgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimi (qismi) mavjud boʻlmagan holda yoki shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlmagan ushbu alohida boʻlim (qism) boʻyicha ekspert tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa berish, shaharsozlik hujjatlarida nogironligi boʻlgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimiga (qismiga) amal qilinmagan holda qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari tomonidan ruxsatnoma berish mustasno), 101-moddasida (koʻp kvartirali uylarning issiqlik taʼminotiga oid qismida), 159-modd