Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 269-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish vazifalari

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish vazifalari: har bir ishning holatini oʻz vaqtida, har tomonlama, toʻla va obyektiv ravishda aniqlab chiqishdan, bu ishni qonunchilikka muvofiq holda hal etishdan, chiqarilgan qarorning ijrosini taʼminlashdan, shuningdek maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlashdan, huquqbuzarliklarning oldini olishdan, fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashdan, qonuniylikni mustahkamlashdan iboratdir.