Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 295-modda. Jabrlanuvchi

Maʼmuriy huquqbuzarlik yoʻli bilan maʼnaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxs jabrlanuvchi deb topiladi. Jabrlanuvchi ishga oid hamma materiallar bilan tanishib chiqishga, koʻrsatuvlar berishga, dalillar keltirishga, iltimoslar qilishga, ishni koʻrib chiqish paytida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, oʻz ona tilida soʻzlashga va tarjimon xizmatidan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.