Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 303-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga tayyorlanish

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs): 1) mazkur ishni koʻrib chiqish oʻzining vakolat doirasiga kirish kirmasligi; 2) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar toʻgʻri tuzilgan-tuzilmaganligi; 3) ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchi shaxslar uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qilingan-qilinmaganligi; 4) zarur qoʻshimcha materiallar soʻrab olingan-olinmaganligi; 5) maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs, jabrlanuvchi, qonuniy vakillar, advokat qilgan iltimoslar toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi.