Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 310-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning turlari

Organ (mansabdor shaxs) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 1) maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisida; 2) ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisida. Ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeksning 271-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda chiqariladi. Sud tomonidan ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ogohlantirish eʼlon qilinganda ham chiqariladi.