Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 322-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni qayta koʻrib chiquvchi organning (mansabdor shaxsning) vakolatlari

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan organ (mansabdor shaxs) chiqargan qaror yuqori turuvchi organ rahbari, prokurorning protesti boʻyicha esa uni chiqargan organ tomonidan ham ushbu Kodeksning 321-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan asoslar boʻyicha bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.