Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 1) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida; 2) apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilish va birinchi instansiya sudining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish haqida; 3) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida; 4) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish va yangi qaror qabul qilish haqida; 5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada oʻzgartirish haqida; 6) taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida.