Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 51-7-modda. Saylovga yoki referendumga tayyorgarlik koʻrish va saylov yoki referendum oʻtkazish jarayonida axborot hamda tashviqot materiallarini qasddan yoʻq qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish

Binolarga, inshootlarga yoki boshqa joylarga joylashtirilgan axborot, tashviqot materiallarini saylovga yoki referendumga tayyorgarlik koʻrish va saylov yoki referendum oʻtkazish jarayonida qasddan yoʻq qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.