Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 56-1-modda. Jamoat joylarida tamaki mahsulotini isteʼmol qilish

Ish joylarida, sogʻliqni saqlash, taʼlim, sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida, yongʻin chiqish xavfi boʻlgan joylarda, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida, shu jumladan jamoat transportida tamaki mahsulotini isteʼmol qilish, bundan tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar mustasno, — bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Havo kemalarida tamaki mahsulotini isteʼmol qilish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.