Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 56-4-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish

Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash, xuddi shuningdek ularni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.