Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 67-modda. Vaqtincha egallab turilgan yer uchastkalarini oʻz vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik

Vaqtincha egallab turilgan yer uchastkalarini oʻz vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holga keltirish yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.