Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat boʻlmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa — besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.