Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 76-modda. Suv xoʻjaligi obyektlari va qurilmalarini shikastlantirish, ulardan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Suv xoʻjaligi inshoootlari va qurilmalarini shikastlantirish, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Suv xoʻjaligi obyektlari va qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.