Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 10-modda. Sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga boʻysunishi

Odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga boʻysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. Sudyalar mustaqilligining kafolatlari qonun bilan belgilanadi.