Ish yuritish toʻxtatib turilgan taqdirda, ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan yoxud sud tomonidan tayinlangan muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi. Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatni amalga oshirishga haqli emas, bundan dastlabki himoya choralarini koʻrishga va dalillarni taʼminlashga qaratilgan harakatlar mustasno.