Ish yuritishni toʻxtatib turish, uni tiklash toʻgʻrisida yoki uni tiklashni rad etish haqida sud ajrim chiqaradi. Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. Ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi, ish yuritishni tiklashni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.